Янгиликлар
24
Respublika Ishchi guruhi tomonidan Izboskan tumanida sayyor qabul tashkil etildi
Respublika Ishchi guruhi aʼzosi Adliya vazirining o‘rinbosari Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich boshchiligida joriy yilning 24 fevral kuni Izboskan tumani “Istiqlol” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.