Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davra suhbati o'tkazildi


Respublika Ishchi guruhi topshirig‘i asosida joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat boshqarmasida adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati T.Karimov ishtirokida nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha topshirilgan yillik hisobotlari tahlili va  faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ishlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Ishtirokchilarga yillik hisobotlarni topshirish hamda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan  faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish yuzasidan o‘zaro fikr mulohazalar almashildi.