Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida uchrashuv tashkil etildi.


Joriy yilning 1-mart kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirib o'tildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Bundan tashqari, tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.