Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi xodimlari hamda adliya bo‘limi boshliqlari ishtirokida o‘zaro bilim va tajriba almashish maqsadida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.




Joriy yilning 12-mart kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi xodimlari hamda adliya bo‘limi boshliqlari ishtirokida o‘zaro bilim va tajriba almashish maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi faoliyat samaradorligi yuqori bo‘lgan adliya bo‘limlarining ijobiy ish amaliyoti yuzasidan o’zaro tajriba almashildi. 

Adliya bo‘limlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ular faoliyatiga joriy etilgan KPI (Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi-Key Performance Indicators) — baholash metodikasi orqali nafaqat xodimlar ko‘nikmasi oshirilishi balki ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatilishi hamda o‘zaro fikr almashishilishiga maydon yaratilishi ta'kidlandi. Seminar orqali xodimlari o'zlari uchun yangi va kerakli tajribalarni ortirdilar. 

Shuningdek, kelgusidagi vazifa va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyatida uchrayotgan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalar bildirildi.