Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

FUQARONING ISHLAGANLIK FAKTI SUD ORQALI BELGILANDI



Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Xo`jaobod tumani, Gara-gura MFY, Tinchlik ko`chasida yashovchi fuqaro T.Egamberdiyevning 1995-1997, 1998-1999-yillardagi ish stajlari byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda hisobga olinmaganidan noroziligi hamda ishlaganlik faktini belgilashda amaliy yordam berish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

O`rganishlar davomida aniqlanishicha fuqaro T.Egamberdiyevning pensiya atayinlash to`g’risidagi murojaati 1995-1997, 1998-1999-yildagi ish haqlaridagi ism-familiyasi bo`yalib yozilganligi vaji bilan, tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi tomonidan rad qilingan.

Vaholanki, fuqaro T.Egamberdiyev 1995-1997, 1998-1999-yillarda Xo‘jaobod tumanidagi “Bobir shirkat” fermer xo`jaligida ishlaganligi va bu haqda tuman arxivining ma’lumotnomasida ham o`z tasdig‘ini topdi.

Murojaatni o‘rganish yakuni yuzasidan Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro T.Egamberdiyev manfaatini ko‘zlab sudga yuridik faktlarni belgilash yuzasidan ariza kiritildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro T.Egamberdiyevning 1995-1997, 1998-1999-yillarda ishlaganlik fakti belgilanib, endilikda fuqaroga pensiya tayinlanadigan bo‘ldi.