Янгиликлар
“Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan Andijon davlat universiteti talabalari ishtirokida huquqiy targʻibot tadbiri o'tkazildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 17-mart kuni Andijon davlat universiteti talabalari ishtirokida “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan o'quv seminari o'tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati shuningdek, xotin-qizlarga qonunchilikda begilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.