Янгиликлар
22
Andijon viloyat adliya boshqarmasi va viloyatdagi NNTlar hamkorligi har sohada davom etmoqda.
Xususan, 2022-yil 22-mart kuni “Andijon” tantanalar saroyida O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘limi tomonidan ijtimoiy kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 nafar bolaga xatna to‘yi va yangi qurilgan oilaning nikoh to‘yi tashkil qilindi. Ushbu tadbirda adliya boshqarmasi va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari, O‘zbekiston NNTMA Andijon viloyat hududiy bo‘limi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro jamg‘armasining viloyat filiali hamda boshqa NNTlar vakillari ishtirok etishdi.