Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘qituvchilarning murojaatlari ijobiy hal etildi.



Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” bo‘yicha belgilangan tadbirlar olib borilmoqda.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning 18 mart kuni tuman XTB ga qarashli 18-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 48 nafar pedagog xodimlar ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda pul talab qilinayotganliklari xususida shikoyat bilan murojaat qilishgan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 45-moddasida pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishi belgilangan.
O‘rganish davomida, tuman adliya bo‘limi tomonidan 18-umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining manfaatini ko‘zlab tuman tibbiyot birlashmasiga o‘qituvchilarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiyatini yuklash haqida Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritilib, murojaatlar ijobiy hal etildi.