Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

#Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy




Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilinib, oylik doirasida sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish belgilangan.



Ushbu oylik doirasida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, joriy yilning 25 mart kuni Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman FHDYO hamda mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi “So`qaloq” MFYda Xotin-qizlar huquqini o‘rganish maqsadida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.



Uchrashuvda ishtirok etgan 9 nafar xotin-qizlarga ayollarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, axoli bandligi to`g’risidagi qonun, oilaviy tadbirkorlik, “Ayollar daftariga” kiritilgan xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, shundan 4 nafar xotin-qizlarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishtirokchilarga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martda qabul qilingan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–87-sonli Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirib o`tildi.