Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“KORRUPSIYA” –YURTNING ZAVOLI



Joriy yilning 26-mart kuni Andijon viloyat sudi tomonidan “KORRUPSIYA” –YURTNING ZAVOLI mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati Andijon viloyat sudi raisi T.Meliboyev raisligida viloyatdagi jinoyat, maʼmuriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlari raislari, sudyalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida olib borildi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish borasida eng muhim qadam bo‘lganligi, unda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning bu boradagi vakolatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalar va ularning vakolatlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning va ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, sudlarning mustaqilligi va erkinligini, ular faoliyatining ochiqligini taʼminlash, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi masalalari belgilab qo‘yilganligi takidlab o‘tildi.