Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Andijon viloyatidagi NNTlarning grant loyihalarida samarali ishtirokini taʼminlashga oid dolzarb masalalar mavzusida seminar-trening tashkil etildi


Joriy yilning 30-mart kuni Andijon shahrida O'zbekiston NNT MA va uning Andijon viloyat hududiy bo'linmasi tomonidan “Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan NNTlarning grant loyihalarida samarali ishtirokini taʼminlashga qaratilgan dolzarb masalalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Seminar-treningdan lavhalar

Seminarda adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari K. Mashrapov, O'zbekiston NNT MA raisi K. Ishanxodjayev, Oliy Majlis Senati a'zosi M. Ganiyeva va 60 dan ortiq NNT vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so'zga chiqqan adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari K. Mashrapov adliya boshqarmasi va nodavlat notijorat tashkilotlari o'rtasidagi hamkolik davom etayotgani, viloyatdagi NNTlarga grant tanlovlarida ishtirok etish borasida huquqiy maslahatlar berib borilayotganini ma'lum qilib, ularni bu kabi tanlovlarda yana ham faol bo'lishga chaqirdi.


Seminar-treningdan lavhalar

Shuningdek, tadbir davomida O'zbekiston NNT MA mutaxassislari grant loyihalarida ishtirok etish tartibi, loyihalarni ko'rib chiqish va baholash mezonlari, NNTlar tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar xususida tushuntirish berdilar.


Seminar-treningdan lavhalar

Bundan tashqari, "Hamroh" NNT rahbari G. Yo'ldasheva, Andijon viloyat Mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari Sh. Kamolov so'zga chiqib, seminar ishtirokchilariga grant tanlovlarida qatnashish, loyihalar yozish bo'yicha o'z bilim va tajribalarini ulashishdi.

Seminar so'ngida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, mavzuga doir takliflari muhokama qilindi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi