Янгиликлар
Xonobod shahar yuridik markazi xodimlari tomonidan targ`ibot tadbirlari davom ettirilmoqda...

Xonobod shahar tibbiyot birlashmasida navbatdagi tar`g`ibot tadbirlari o`tkazildi. Prezidentimiz tomonidan Tibbiyot xodimlariga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar bilan bir qatorda Adliya vazirligi tomonidan ham sohani rivojlantirishga va qonuniylikni ta'minlashga doir bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi haqida aytib o`tildi.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 martdan 15 maygacha “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o`tkazilayotganligi va Huquqiy aksiya doirasida soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn so‘rovlar o‘tkazish belgilanganligi ta`kidlanib, so`rovnomada faol qatnashishga tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari bu va bunga o`xshash tadbirlar muammolar yechimi bo‘yicha huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishida juda ahamiyatli ekanligi alohida ta`kidlab o`tildi.