Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.



Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 yildagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 31-sonli Qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilganida 29 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari 10.02.2022 yildan O‘zbekiston Respublikasi MKning 100-moddasi 1-bandiga (shtatlar qisqarganligi) asosan ishdan bo‘shatilgan bo‘lsada, ularga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligi aniqlandi. 


Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 109-moddasi 1-bandida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan 29 nafar shaxslarga 41.239.740 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berilib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.