Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Paxtaobodda 39 xodimga oylik ish haqi kam to‘langan.Adliya holatni o‘rgandi



Paxtaobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-sonli qarori ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko'ra, shahardagi umumta'lim maktablarida ishlab kelayotgan 39 nafar kadrlar bo'yicha menejerlarning 2020-2021 yillarda shtatlar jadvaliga muvofiq 5-razryad bo‘yicha, oylik ish haqlari hisoblanib to‘lab kelinganligi aniqlandi.

 “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryad”ga ko‘ra oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 7-razryad, oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlarga esa 6-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lanishi lozimligi belgilangan.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi va umumta’lim maktablarining mansabdor shaxslari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-sonli qarori talablari qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida, 39 nafar xodimlarga 67 mln 757 ming 897 so‘m oylik maosh kam to‘lab berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 39 nafar xodimlarning manfaatini ko‘zlab fuqarolik sudiga ariza kiritilib xodimlarning 67 mln 757 ming 897 so‘m ish haqlarini undirish yuzasidan sud buyruqlari qabul qilingan.