Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

SOBIQ MFY RAIS O‘RINBOSARLARINING ISH HAQILARI UNDIRIB BERILDI



Bo‘ston tuman adliya bo‘limi

Bo‘ston tuman adliya bo‘limiga tumandagi “Bo‘ston” MFY, Binokor ko‘chasida yashovchi fuqaro J.Z 2020-2021-yillarda “Mustaqillik 15 yilligi” MFYda rais o‘rinbosari lavozimida ishlaganligi, ish o‘rinlari qisqarganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ish bilan ta’minlanmaganlik haqidagi ma’lumotnomani tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bolimiga taqdim etganligi, biroq 3 oy uchun kompensatsiya pullari to’lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam berishlikni so‘rab murojaati qilgan.


Bo‘ston tuman adliya bo‘limi

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, Bo‘ston tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 3 dekabr kungi PQ-31-son qaroriga muvofiq mahalla fuqarolar  yig‘inlari raislarining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi qisqarqarganligi sababli, tumandagi “Ko‘xinur”, “Mustaqillikning 15 yilligi”, “Yangi Obod”, “Mehnatobod” va “Sariq jo‘ga” MFYlarda rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan 5 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomalari bekor qilingan bo‘lib biroq, mazkur fuqarolarga mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsada, mehnat organi bergan ma’lumotnomaga binoan uchinchi oy uchun ham o‘rtacha ish haqi shu o‘rganish kunga qadar to‘lab berilmaganligi aniqlandi.


Bo‘ston tuman adliya bo‘limi

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlariga ko‘ra, Bo‘ston tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga uchinchi oy uchun ham ish haqini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rishilikni so‘rab bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi hamda taqdimnoma natijasiga ko‘ra, har bir fuqarolarga 1 806 301 so‘m (jami 9 031 505 so‘m) ish haqi to‘lab berildi.