Янгиликлар
Jalaquduq tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Joriy yilning 22-aprel kuni yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan, Jalaquduq tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-sonli “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida soha xodimlariga faoliyatiga doir qabul qilingan yangi qonun hujjatlari tanishtirilib o‘tildi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib unga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bo‘lim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarining loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali yuborish tartibi yo‘lga qo‘yilishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, bu xolat yuzasidan qonunchiligimizda javobgarlik belgilangani bo‘yicha ham huquqiy tushuntirishlar berildi.