Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

"E-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish bo'yicha o'quv seminarlarni tashkil etish davom etmoqda...


Joriy yilning 22-aprel kuni Paxtaobod tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son "Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, tuman aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimlari ishtirokida "E-huquqshunos" elektron tizimidan foydalanish bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.


Paxtaobod tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Paxtaobod tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Paxtaobod tumani Yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Jumladan, Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori bilan respublikaning barcha tuman va shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar) tashkil etilganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-son Farmoniga muvofiq Markazlar tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasi va bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 31-martdagi ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi, bu xolat yuzasidan qonunchiligimizda javobgarlik belgilangani bo‘yicha ham huquqiy tushuntirishlar berildi.