Янгиликлар
Shahrixon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Shahrixon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Shahrixon tuman davlat Soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-173-son Qarorining mazmun-mohiyati ijrochilarga tushuntirildi.
Inspeksiya xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markazlar tomonidan bosqichma-bosqich Respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari ya’ni, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘rsatilganligi, kelgusida ushbu tashkilotlar bilan qay tartibda faoliyat olib borilishi to‘g‘risida ma’lumotlar yetkazildi.Respublika Prezidentining yuqoridagi qarori bilan 2022 yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bo‘lim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarining loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali yuborish tartibi ko‘rsatib o‘tildi.
Tadbir davomida tashkilotning xodimlari tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bilan xujjatlar almashinuvini amalga oshirish tartiblari hamda o‘zlari faoliyat olib borrayotgan tashkilot tomonidan chiqariladigan yuridik tusdagi hujjatlarni qonun normalariga moslashtirish yuzasidan bir qancha savollar berildi va ushubu savollarga xozirgi kunga qadar markazlar amalga oshirib kelayotgan ishlar misolida tushunchalar berildi.
Seminar boshida Inspeksiya xodimlariga soha faoliyatiga doir qabul qilingan yangi qonun hujjatlari tanishtirilib o‘tildi, shundan so‘ng xodimlarga modul bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash, mehnat qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan normalarning ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirildi.
Jumladan, mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish bilan birga, majburiy mehnat uchun javobgarlik, hodimning huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi, ish vaqti va dam olish vaqti, ta'tillar, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar, mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» Qonuni yuzasidan murojaatlar bilan ishlash tartibi, Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida, murojaatlarni turlari, ularni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga amal qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi”dagi Qonunining mazmun mohiyati, korrupsiyaga oid huqubuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shahslarni himoya qilish, manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlarining vakolatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Inspeksiya xodimlariga, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ushbu tartib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar deb nomlangan bo‘limining, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bobining 1541-moddasida mustaxkamilab qo‘yilganligi aytib o‘tilib, ushbu jinoyatning mazmun mohiyati fuqarolarga to‘liq tushuntirilib o‘tildi.
Shahrixon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazining “Shahrixon tumani yuridik xizmat” telegram kanaliga postlar joylashtirildi.