Янгиликлар
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat qamrovi kengayadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori mazmun-mohiyatini ijrochilarga yetkazish bo‘yicha manzilli targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Xo‘jaobod tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Adliya bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son Qarori ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Xo‘jaobod tuman davlat soliq inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–173-son qarorning mazmun moxiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o'tkazildi.
Targ‘ibot tadbir davomida soha xodimlariga 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich bo‘lim tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarining loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali yuborish tartibi yo‘lga qo‘yilishi, “E-huquqshunos” elektron dasturiga ulanish yuzasidan “Unicon-soft” MCHJ bilan shartnoma tuzish tartibi hamda “E-huquqshunos” elektron tizimida ishlash bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Targ‘ibot tadbir faoliyatiga doir qabul qilingan yangi qonun hujjatlari tanishtirilib o‘tildi.
Shuningdek tadbir davomida mehnat qonunchiligi bo'yicha xuquqlari va ayrim toifadagi xodimlarga belgilangan imtiyozlar bo'yicha, muddatli harbiy xizmat yoki muqobil xizmatga chaqiruvdan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati safiga olinishdan yoki xizmatni Qurolli Kuchlar rezervida o'tashdan bo'yin tovlash BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha (540 ming so'mdan 1 mln 350 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi va O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirib o'tildi.