Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya boshqarmasi tomonidan Oltinko‘l tumani Ko‘tarmachek mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.


Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Andijonda – 45 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, Andijon viloyat hokimligi tomonidan Adliya boshqarmasiga Oltinko‘l tumani Ko‘tarmachek mahallasida yashovchi fuqarolarning muammolarini o‘rganish va bartaraf etish vazifasi topshirilgan.

Mazkur vazifa ijrosidan kelib chiqib, viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan aholi bilan uchrashuv o'tkazish rejasiga muvofiq joriy yilning 23-aprel kuni Adliya boshqarmasi, Oltinko'l tuman hokimligi, tuman IIB sektori, tuman hokim yordamchisi, mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi, tumandagi barcha kommunal xizmat idoralari hamda ijtimoiy soha vakillari bilan birgalikda Oltinko‘l tumani Ko‘tarmachek mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Sayyor qabulda 70 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 12 nafar fuqaro tomonidan berilgan murojaatlarga qabul joyining o‘zida huquqiy tushuntirish berildi, 9 nafar fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari", "Mehr daftari"ga kiritilgan oilalarga berilgan imtiyozlar, subsidiya olish va imtiyozli kredit olish tartiblari hamda xotin-qizlarga berilayotgan kafolat va huquqlarni tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plami buklet va flayerlar fuqarolarga tarqatildi.