Янгиликлар
Oʻzbekiston fuqaroligiga yana bir qadam...!
Xonobod shahar adliya boʻlimiga fuqaro M.Umurzakova, opa-singil Qosimovalar, A.Abduqodirov va M.Sotvoldiyevlar murojaat qilib, uzoq yillardan buyon fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi asosida istiqomat qilganliklarini bildirib, yashaganlik faktini tasdiqlashda amaliy yordam berilishini soʻrab qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida har bir fuqaroning keltirib oʻtgan vajlari dalillar asosida oʻrganildi hamda tegishli tartibda doimiy yashaganlik faktini tasdiqlash yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tumanlararo sudiga kiritildi.
Boʻlim tashabbusi bilan Fuqarolik sudi raislari bilan oʻzaro kelishgan holda, fuqarolarni ortiqcha ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida Xonobod shahar Davlat xizmatlari markazi binosida sayyor sud oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan sud davomida tomonlarning koʻrsatmalari eshitilib, boʻlim tomonidan kiritilgan 5 ta davo arizasi qanoatlantirildi.
Natijada besh nafar fuqaroni va ularning farzandlarini endilikda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun imkoniyatlar yaratildi. Endilikda fuqarolar belgilangan tartibda fuqarolik pasportini olish maqsadida pasport boʻlimiga murojaat qilishlari kifoya boʻladi.