Янгиликлар
Chet davlatlarning harbiy xizmatlariga yollanish taqiqlanadi
Joriy yilning 27-aprel kuni Bo'ston tuman kasb-hunar maktabida tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan "Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud" mavzusida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilariga yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Qodirov Azizbek hamda ichki ishlar xodimi Xolmatov Begizodbeklar tomonidan chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksininig 154-1-moddasiga ko'ra, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi atroflicha tushuntirildi.