Янгиликлар
Adliya boshqarmasi tomonidan Izboskan tumani Jonobod mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Joriy yilning 27-aprel kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Mashrapov tomonidan Izboskan tumani "Jonobod" MFY da yashovchi fuqarolarga sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabullarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning hal etilmay kelayotgan muammolarni qonun doirasida bartaraf etish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashdir.
Sayyor qabulda 15 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 9 nafar fuqaro tomonidan berilgan murojaatlarga qabul joyining o‘zida huquqiy tushuntirish berildi, 6 nafar fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Qolaversa, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.