Янгиликлар
29
E'LON!!!
Yurtimizning eng chekka qishloqlaridagi insonlarning xonadonlarigacha barcha bilan hamnafas boʻlish, sifatli huquqiy xizmat koʻrsatish, shuningdek, fuqarolarning davlat organlaridan rozi boʻlishlari uchun bor imkoniyatlardan toʻlaligicha foydalanish maqsadida joriy yilning 6-may kuni Andijon viloyati Bo‘ston tumani “Obod” MFY dagi “Quyoshcha lageri” bolalar dam olish maskanida “Inson qadrini ulugʻlash – eng oliy saodat” shiori ostida “Adliya sayli” boʻlib oʻtadi.
Adliya saylida bir qator koʻngilochar dasturlar, viktorina oʻyinlari, testlar, mehnat yarmarkalari va eng asosiysi sayyor huquqiy xizmatlar koʻrsatiladi va bepul huquqiy maslahatlar beriladi.
Saylda siz ham faol ishtirok eting va maxsus sovgʻalarga ega boʻling!!!