Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Shahrixon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.



Shahrixon tuman yuridik xizmat ko'rsatish xodimlari tomonidan Shahrixon tuman Buvayda MFYda yashovchi fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining 15.10.2018-yilgi "Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida"gi qonuning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.


Shahrixon tuman Buvaydo MFY

Yig'ilish ishtirokchilariga ushbu qonuning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etish huquqi,  Ovoz berishni o‘tkazish tartibi, Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va boshqa muhim tushunchalar to'g'risida tushuntirishlar berib o'tildi.


Shahrixon tuman Buvaydo MFY

Yig'ilish qizg'in savol javoblar shaklida bo'lib o'tdi. Jumladan ishtirokchilardan biri tomonidan kimlar mahalla raisligiga nomzodini qo'ya olmasligi to'g'risidagi savolga yuridik markaz xodimi E.Turdaliyev tomonidan O'RQ-499ning 17-moddasi asos qilinib sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emasligi tushuntirib o'tildi.


Shahrixon tuman Buvaydo MFY

O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi ushbu tartib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar deb nomlangan bo‘limining, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bobining 1541-moddasida mustaxkamilab qo‘yilganligi aytib o‘tilib, ushbu jinoyatning mazmun mohiyati fuqarolarga to‘liq tushuntirilib o‘tildi.

Shahrixon tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazining “Shahrixon tumani yuridik xizmat” telegram kanaliga postlar joylashtirildi.