Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida Jalaquduq tuman adliya boʼlimining Davlat xizmatlari markazi, FHDYo boʼlimi hamda notarial idoralar xodimlari otaxonning xonadonida boʼlishib, xolidan xabar olishdi.


Jalaquduq tumanining "Qoʼshtepa" mahallasida istiqomat qilayotgan 99 yoshli Zaynobiddin Qodirov ayni paytda umrguzaronlik qilayotgan tumandagi Ikkinchi jahon urushida qatnashchisi hisoblanadi. 

U 1942 yili Stalingrad ostonasidagi janglarda ishtirok etgan. Shundan soʼng Yevropani fashizmdan xalos etishda qatnashib, gʼalabani Berlinda nishonlagan.

9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida Jalaquduq tuman adliya boʼlimining Davlat xizmatlari markazi, FHDYo boʼlimi hamda notarial idoralar xodimlari otaxonning xonadonida boʼlishib, xolidan xabar olishdi. Oʼzlarining esdalik sovgʼalarini topshirishdi.

- Otaxon bilan suhbatlashar ekanmiz 80 yil oldinga qaytgandek boʼldik,- deydi FHDYo boʼlimi mudirasi Gulzodaxon Latipjonov. - Urush hikoyalarini eshitgan chogʼimizda oʼzimizni jang maydonlarida birga yurgandek his qildik. Ularning qanchilik qiyinchiliklarni boshdan kechirganliklarini yana bir tushunib yetdik. Zaynobiddin ota kabi urushga ketgan 100 minglab andijonliklar bilan yana bir bor fahrlandik.