Янгиликлар
15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12-may kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari, Andijon viloyat Devonavoy masjidi bosh imom xatibi Minxoniddin Rozidinov, viloyat bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova hamda Andijon tumani FXDYo mudirasi Dildora Karimovalar tomonidan 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdilar.