Янгиликлар
Jalaquduq tumanida sayyor qabul tashkil etildi
Andijon viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil 7-maydagi 1-9/9-8//144-sonli topshiriq xatiga asosan ishlab chiqilgan reja-grafikning 2-bandini ta'minlash maqsadida Jalaquduq tuman adliya boʼlimi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, FHDYo boʼlimi hamda notarial idoralar xodimlari bilan birgalikda Jalaquduq tumani markazida "9-may-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish uchun qabul tashkil etildi.
Murojaatlarini tinglash va ularga huquqiy yechim berish, shuningdek, xolisona huquqiy maslahatlar berish uchun tashkil qilingan mazkur qabulda aholining tadbirkorlik masalalari, subsidiyaga uy-joy olish tartibi, moddiy yordam olish tartibi, meros huquqi, xodimlarni bepul tibbiy ko'rikdan o'tish tartibi kabi masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi.
Jalaquduq tuman adliya boʼlimi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, FHDYo boʼlimi hamda notarial idoralar xodimlari tomonidan bir qancha fuqarolar murojaatlari qabul qilinib, mazkur masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.