Янгиликлар
Andijon viloyati yuridik texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda viloyatning umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Maktab bitiruvchilari Andijon viloyatining faxri bo‘lgan “«Andijon polkasi» kuyi va raqsi bilan kutib olindi.
Tadbir davomida, yigit-qizlar texnikum tarixidan boshlab, mavjud mutaxassisliklar, o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan fan to'garaklari, “Street law” klubli faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“Ochiq eshiklar kuni” targ'ibot tadbirida Sharda Universitetidan tashrif buyurgan professor SAJID VALIYA VALAPPIl so‘zga chiqdi va xorijiy til fani o‘qituvchisi D.Nosirova bilan birgalikda “Ochiq dars” o‘tkazib berdilar.
Shuningdek, ochiq eshiklar kunida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida arzon kitob yarmarkalari va texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “ENG FAOL KITOBXON” ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, g‘olib o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir yakunida, maktab bitiruvchi sinf oʼquvchilari joriy yilda bo'lib o'tadigan qabul jarayonlarida, yuridik texnikumga hujjat taqdim qiluvchilar roʼyxatiga oʼz nomzodlarini kiritdilar.