Янгиликлар
23
Bugun Andijon viloyat adliya boshqarmasida videokonferensaloqa shaklida navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlarining 3 oylik faoliyat natijasi baholanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Kelgusida mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan adliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari K.Mashrapovning hisoboti eshitildi.