Янгиликлар
20 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi.
Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning may oyida Andijon viloyati “Toza hudud” DUK Marhamat tuman filiali xodimlarining shikoyatiga asosan o‘tkazilgan monitoringda xodimlarga yanvar oyidan buyon ish haqi pullari to‘lanmaganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksning 154-moddasiga asosan, ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq xar yarim oyda bir marta to‘lashi shartligi belgilangan.
O‘rganish natidasiga ko‘ra, Andijon viloyati “Toza hudud” DUK Marhamat tuman filialining 20 nafar xodimlari manfaatida jami 48.839.426 so‘m ish haqi pullarini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ariza kiritilib, sud buyruqlari chiqarilishi ta’minlandi.