Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Intellektual mulk sohasi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi


Joriy yilning 2-iyun kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tadbirkorlar hamda davlat tashkilotlarining vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, seminarda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish,  kontrafakt mahsulotlarga murosasiz kurashish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur sohani va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.