Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Baliqchi tumanining Kattabuloq mahallasida Аdliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Аdliya mahallada" shiori ostida fuqarolar uchun sayyor qabul oʼtkazildi.


Qabul davomida fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida maʼlumotlar hamda nogironligi boʼlgan shaxslar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolgʼiz keksalarga yordam berish tartiblari haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek fuqarolardan pensiyaga chiqishda ish stajini hisoblash, xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi mehnat munosabatlari toʼgʼrisidagi savollarga javoblar berildi.

"Turmush oʼrtogʼim bilan sharʼiy nikoh asosida yashab kelardik. Shu davr mobaynida farzandlik boʼldik. Yaqinda erim bilan qonuniy nikohdan oʼtdik. Endi oʼgʼlimning otaligini belgilash kerak boʼlyapti. Qabulda adliya boʼlimi xodimlariga ushbu muammoni hal etishda yordam soʼrab murojaat qildim. Ular menga huquqiy tushunchalar bilan birga jarayonni qonuniyligini taʼminlashda yordam berishga vaʼda qilishdi",-deydi Fotima Qodirova.