Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

26 nafar shaxslarga kompensatsiya va ish haqi pullari undirib berildi.



Marhamat tuman adliya bo‘limi tomonidan R.Abduraximova va boshqalarning ishdan bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib, yozgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 81-PF sonli Farmonining 7-bandiga asosan mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari shtatlari tugatilganligi sababli tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining 10.05.2022 yildagi buyrug‘i bilan barcha mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi, biroq, Mingtepa, Paxtakor, Qushchi, Yuqori rovvot, Polvontosh, Markaziy, Do‘stlik, Uvaysiy, Mirishkor, Xo‘jaariq, Toshyo‘li, Gar-gar, Uzumzor, Oqbosh, G‘.G‘ulom, Bozorboshi, Yo‘lamatol, Birlik, Navro‘z, Turon, Qorabog‘ich, Roxat, Shaxriston, Alitepa, Qo‘rg‘oncha, Chilon (jami 26 ta) mahallalari raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlariga shu kunga qadar jami 38.451.766 so‘m miqdoridagi kompensatsiya va ish haqi pullari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, taqdimnoma kiritish yo‘li bilan ushbu pullar to‘lab berilishi hamda 26 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.