Янгиликлар
Sayyor qabullar davom etmoqda...
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerakligi bugungi kunning asosiy shiorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Shu ma`noda Adliya vazirligi, boshqarmalari va hududiy bo‘limlari tomonidan ham davomli va tizimli sayyor qabullar muntazam tashkil qilinib kelinmoqda.

Xususan, Shahrixon tuman adliya bo`limi tomonidan joriy yilning 8-iyun sanasida tumanning "Buvaydo" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qilayotgan fuqarolar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati, uy-joy olish, oilaviy nizolar, kredit ajratish va boshqa masalalardagi jami 8 ta murojaatlari tinglanib, 6 ta murojaatlar bo‘yicha joyning o'zida huquqiy tushuntirishlar berilidi hamda 2 ta nafar fuqarolarning belgilangan tartibda ko`rib chiqilish yuzasidan nazorat kartochkalari ochilishi ta'minlandi.

Bunday tadbirlar tumanning boshqa chekka hududlarida davom ettirilmoqda.