Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Chet davlatlarning harbiy xizmatlariga yollanish taqiqlanadi.



Joriy yilning 9-iyul kuni adliya boshqarmasi tomonidan Andijon viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Jinoyatlarning oldini olish choralari” hamda "Chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud" mavzularida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuvda xodimlarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Tadbir ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha javoblar oldi.