Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi


Joriy yilning 25-iyun kuni Andijon shahrida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar ishtirokida “Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, davra suhbatida viloyat Adliya boshqarmasi hamda Andijon harbiy prokuraturasi mas’ul xodimlari tomonidan 2022-yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog'liq katta siyosiy voqea bo'lib o'tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o'zi ishtirok etishi orqali o'z siyosiy irodasini namoyon qilishi hamda referendum o'tkazish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.




Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilari o‘zlari qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.