Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-173-son qarori ijrosi ta’minlanmoqda.


Prezidentimizning 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi   PQ-173-son qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan:

mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;

qishloq xo‘jaligi bo‘limi;

turizm va madaniy meros bo‘limi;

sportni rivojlantirish bo‘limi;

oila va xotin-qizlar bo‘limi;

davlat soliq inspeksiyasi;

aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-iyun kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi huquqiy xizmatlar bo‘limi bosh maslahatchisi M. Odiljonov va “UNICON SOFT” MChJ Andijon viloyat filiali boshlig‘i I. Muxammadibroximov hamda tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlar ishtirokida Baliqchi tumanida yuqorida nomlari keltirilgan davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalari rahbar va mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.


Baliqchi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Uchrashuv o‘quv-amaliy seminari tarzida davom ettirilib, “UNICON SOFT” MChJning mas’ul xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining “E-huquqshunos” elektron tizimiga biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlariga tizimning imkoniyatlari va u orqali hujjatlarni Markazga yuborish tartibi to‘liq tushuntirib o‘tildi.


Baliqchi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Baliqchi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Shuningdek, uchrashuv davomida “UNICON SOFT” MChJning mas’ul xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlariga kelgusida “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali Markazga huquqiy ekspertizaga yuborilib, ijobiy xulosa berilgan hujjatlarni tizim orqali imzolashlari uchun elektron raqamli imzolar belgilangan tartibda himoyalangan apparat-dasturiy qurilmalarini topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida topshirilishi to‘liq ta’minlandi.


Baliqchi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Baliqchi tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Baliqchi tumanida mavjud bo‘lgan tashkilotlar tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali Markazlarga hujjatlar yuborilishi va Markazlar tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi test rejimida to‘liq yo‘lga qo‘yildi.