Янгиликлар
Targ‘ibot tadbirlari shahar MTB dadavom ettirilmoqda

Xonobod shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan shahar Maktabgacha ta`lim bo‘limida mas'ul xodimlar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilndi.
Tadbir davomida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga oid qonunchilik talablari, murojaatning turlari, shakllari va ularga qo‘yilgan talablar, Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatni ko‘rib chiqish yuzasidan davlat nazorati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek tadbir davomida Majburiy mehnat uchun javobgarlik, xodimning mehnat huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchilarning majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, ish vaqti, dam olish vaqti, ta'til va boshqa masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konvensiya, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi" Qonunning mazmun mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.