Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Paxtaobodda davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.


Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Meliyev Xudoyor, Paxtaobod tuman hokimi Elyorbek Usmonov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Bozarov Otabek va keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Bino qurilishida, zamonaviy va milliy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi.
Davlat xizmatlari markazining eski binosida bir kunda 300 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, yangi maskanda bir kunda 1000 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Yangi maskanda elektron navbat tizimi joriy etilgan va Xalq banki kassasi joylashtirildi. Markaz bir vaqtning o‘zida 11 ta qabul oynasida murojaatchilarga xizmat ko‘rsata oladi. Zamon andazalariga mos ravishda jihozlangan binoda 6 ta monitorda 200 dan ortiq davlat xizmati turlari yuzasidan ma’lumotlar fuqarolarga taqdim etilgan.

Yangi binoning kirish qismida xizmatlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi INFOLAND o‘rnatilgan bo‘lib, unda davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat nomlari va ularning QR-kodlari joylashtirilgan. Mobil telefonda QR-kodni skaner qilish hamda ilova orqali ushbu xizmat haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Yangi maskanda fuqarolar davlat xizmatlardan mustaqil foydalanishlari shuningdek, turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan.
Jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lib qolgan murojaatchilarga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida nogironlik aravachasi orqali binoga kirish imkonini beruvchi pandus hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun alohida xona mavjud.