Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Maktablar va bog'chalarga ham Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi



 Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 18-martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Asaka tuman hokimligi binosida tumandagi yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan barcha davlat idoralari va tashkilotlari ishtirokida  o‘quv-seminari tashkil etildi.

 Mazkur seminarda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan barcha tashkilotlar xususan, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar xodimlari ishtirok etdilar.

 Shuningdek, eksperiment tartibida bitta maktab hamda bitta bog'cha tanlab olinib, ushbu maktab va bog'chalarda “E-huquqshunos” elektron tizimi bilan ishlash amaliyoti o'rgatildi.