Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi - xalqdir” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda...


Bugungi kunda mamlakatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni qizgʻin pallaga kirdi.

Joriy sanada, Jalaquduq tuman adliya bo'limi tomonidan tuman hokimligi zalida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi hamda referendum o'tkazish tartibi, shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.


Jalaquduq tuman hokimligi zali

Tuman ichki ishlar bo'limi, tuman hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan tashkil qilingan uchrashuvda so'z olgan mas'ullar konstitutsiyaviy islohotlarning tag zamiri, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni hamda xalq irodasining huquqiy davlat qonunlarida ifoda etilishiga alohida e'tibor qaratdilar.


Jalaquduq tuman hokimligi zali

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.


Ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga koʻra, “inson — jamiyat — davlat”, «Yangi Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini toʻla taʼminlashga qaratilgan.

Shuningdek, oʻzgartishlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, taʼlimni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyish bilan bogʻliq.

Uchrashuv qizg'in muhokama va savol-javoblarga boy bo'ldi. Majlis qatnashchilari o'zlari qiziqtirgan savollarga mas'ullardan batafsil javob oldilar.