Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

"Adliya ayoli" tanlovi o'tkaziladi.



Joriy yilning 9-avgust kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi idoralarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o'rtasida "Adliya ayoli" tanlovining viloyat bosqichi o'tkaziladi.

Tanlovda Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimida (markaziy apparat, tuman (shahar) adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik texnikum, notarial arxiv) faoliyat yurituvchi barcha xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi xodimlar joriy yilning 25-iyul kuniga qadar Andijon viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limiga murojaat qilishlari lozim.

Tanlov shartlari haqida 93-249-35-96 yoki 97-338-70-77 telefon raqamlari orqali bog'lanib, ma'lumot olishlari mumkin.

 Tanlov g'olibi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.