Янгиликлар
27
"Qizil hudud" toifasiga kiruvchi mahallalarda targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Marhamat tuman adliya bo‘limi va tuman IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 27-iyul kuni jinoyatchilik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli “qizil hudud” toifasida kiritilgan "Alitepa" MFY da yashovchi fuqarolar hamda yoshlar o‘rtasida “jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
