Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Andijonda “Adliya ayoli” nomiga kim sazovor bo‘ladi?


Andijon viloyati adliya boshqarmasida “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FXDY organlari, yuridik texnikumda mehnat qilayotgan 8 nafar xotin-qizlar uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Birinchi shartda qatnashchilarning bilim va tajribalari huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari orqali sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi shartda esa ish faoliyati davomida duch keladigan dolzarb muammolarni hal etish uchun qonunchilikka taqdim qilish mumkin bo‘lgan takliflari eshitildi. So‘nggi uchinchi shartda esa uy yumushlaridagi bekalik qobiliyatini namoyon etdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Andijon tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi inspektori Xurshida Usmonova g‘oliblik hamda tanlovning Respublika bosqichida qatnashish yo‘llanmasini ko‘lga kiritdi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Izboskan tuman FHDYO bo‘limi Nodira Omonboyeva, Andijon yuridik texnikumi o‘qituvchisi Xilolaxon Soliyeva hamda Xo‘jaobod tuman FHDYO bo‘limi arxivariusi Gulshodaxon Ahmadaliyevalarga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.