Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

O‘qituvchiga oylik bermagan o‘quv kursidan ish haqi undirildi


Andijon shahar adliya bo‘limiga fuqaro Xanifaxon Bo‘riboyeva joriy yilning 20-iyun kuni murojaat qilib, 2021-yilning fevral oyidan avgust oyiga qadar Yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb qilinib, tinglovchilarni o‘qitganligini, biroq tashkilotchilar tomonidan unga va’da qilingan ish haqi to‘lab berilmaganligidan noroziligini bildirib, ushbu masalada yordam so‘radi.

Uning aytishicha, Andijon shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslariga viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan jalb qilingan bo‘lib, unga har oyiga bir nafar o‘quv uchun 245 ming so‘mdan ish haqi belgilangan. Shunday bo‘lsada shu kunga qadar markaz tomonidan unga ish haqi to‘lanmagan.

Murojaatni o‘rganish davomida Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi direktorining 2021-yilning 1-fevral hamda 1-martdagi buyruqlari bilan 9 nafar o‘qituvchilar "Har bir tadbirkor yoshlarga madadkor" tadbirkorlik o‘quv kurslariga biriktirilganligi, shuningdek, ularga kurs tinglovchilarini elektron bazaga tushirish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, ro‘yxat asosida kunlik davomatni olib borish, yakuniy test sinovlarini o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatini tarqatish vazifalari yuklatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida o‘quv kurslarida o‘qitish uchun biriktirilgan o‘qituvchilarning 7 nafariga "O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida o‘quv xarajatlari Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan qoplab berilgan bo‘lsada, fuqaro X.B.ga o‘rganish kuniga qadar o‘quv xarajatlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish natijasida Andijon shahar ABKM tomonidan mazkur fuqaroga nisbatan qonunchilikda belgilangan talablar bajarilmaganligi natijasida haqli e’tirozlarga, shuningdek, inson huquqlarini va qonun bilan mustahkamlangan mehnat huquqlarini buzilishiga sabab bo‘lganligi tasdiqlandi. Holat yuzasidan markazga o‘quv xarajatlarini qayta hisob-kitob qilib, to‘liq to‘lab berishlikni so‘rab, bajarishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi.

Kiritilgan taqdimnoma natijasida Xanifaxon Bo‘riboyevaga ishlagan oylari uchun jami 14 million 700 ming so‘m ish haqi to‘landi.