Янгиликлар
11
Mahallaga kirib borgan adliya

Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Ustoz” mahallasida Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Kamoldin Mashrapovning fuqarolar uchun sayyor qabuli oʻtkazildi.
“Adliya mahallada" shiori ostida oʻtgan sayyor qabul davomida dastlab qonunchilikdagi yangiliklar haqida maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng fuqarolarni qiynayotgan muammolar, turli masalalar boʻyicha 30dan ortiq murojaatlar tinglandi.
Murojaatlarning aksar qismi uy-joyga egalik qilish bilan bogʻliq holatlar, ishga qabul qilish va tiklash, ustama toʻlovlarini undirib berish, tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, tugʻilish, nikoh bilan bogʻliq boʻldi. Murojaatlarga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, huquqiy tushunchalar berildi.
Qabul davomida Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 20 nafardan ortiq fuqaroga shu yerning oʻzida sayyor xizmatlar koʻrsatildi.