Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya boshqarmasi tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.



Adliya organlari faoliyati haqida keng jamoatchilikka muhim axborotlar berish, ularning huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) ijtimoiy dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan hududiy adliya organlari tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan OAV vakillariga hisobot berish amaliyoti yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva ham ishtirok etib, media hamjamiyatning jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, feyk va turli axborot xurujlariga qarshi kurashish hamda media va huquqiy savodxonlikni ilgari surishdagi o‘rni, huquqiy manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdi.
Shuningdek, adliya tizimidagi yangiliklar, ochiqlik va shaffoflik, qonuniylikni ta’minlash borasidagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Anjuman davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan "Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar" nomli qo‘llanma taqdimoti ham o‘tkazildi.