Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Beshkaramliklarni qanday muammolar qiynamoqda.





Xo‘jaobod tumanidagi "Beshkaram" mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamoliddin Mashrapovning sayyori qabul tashkil etildi.
Aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan yaqindan tanishtirish hamda fuqarolarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berish maqsadida tashkil etilgan qabulda adliya bo‘limi, Iqtisodiy va Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarining sudyalari ishtirok etdi.
Qabulda 20 yaqin fuqarolarning uy-joy, notarial, FHDY, aliment va farzandini nogironlikka ro‘yxatga qo‘yish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi.
Qabul davomida Davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.