Янгиликлар
17
Adliya bo'limlari tomonidan fuqarolar muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Jalaquduq tumanining Uzun ko‘cha mahallasida yashovchi Omadbek Noʻmonjonov yaqinda o‘zining 11 yoshini qarshiladi. Shunday bo‘lsada otasining pasporti yo‘qligi hamda turli oilaviy sabablar tufayli uning tug‘ilganligi o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan edi.
Bir qarashda arzimagandek tuyulgan hujjat uning nafaqat bog‘chaga va maktabga borishida, balki bolalar foydalanadigan tibbiy xizmatlardan ham foydalanishda qiyinchiliklarni tug‘dirardi.
O‘qituvchilar va mahalla faollarining qilgan tushuntirishlaridan so‘ng Omadbekning ota-onasi adliya boshqarmasi tomonidan Gʻayrat mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat qildi.
Ularning murojaati Jalaquduq tuman FHDYO bo‘limi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqilib, tug‘ilganligi tasdiqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Quvonarlisi, Omadbekka tug‘ilgan kuni arafasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamoliddin Mashrapov tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.